Bolangiz oyogʻiga moslab tayyorlanadigan ortopedik poyabzal va stelkalar
Respublika travmatologiya va ortopediya markazi hududida. Shifokor tavsiyasi asosida, 7–10 kunda tayyor. Diagnostika bepul.
- 2018-yildan beri
- Tibbiyot markazi ichida
- Bepul diagnostika
- Yetkazib berish
Shifokor ortopedik poyabzal yoki stelka yozib berdimi?
Quyidagi holatlarda bolangizga individual tayyorlangan mahsulot kerak boʻlishi mumkin:
Yassi oyoqlik
Valgus, oyoqni ichkariga bosib yurish
X yoki O-simon oyoqlar
Maymoqlik
Chanoq-son displaziyasi(chaqaloqlarda)
Operatsiya yoki gipsdan keyingi tiklanish
Bolangizning holatini mutaxassis bepul koʻrib beradi
Bepul diagnostikaga yozilishNima tayyorlaymiz
Har bir mahsulot bolangizning oyogʻi va shifokor tavsiyasiga qarab tayyorlanadi.
- Rasm joyiBolalar ortopedik poyabzali: yozgi va qishki modellar
Bolalar ortopedik poyabzali
Yozgi (sandal, tapochka), kuzgi, qishki botinka, krasovka. Tabiiy teri, baland zadnik, lipuchka, istalgan rang.
Narx diagnostikadan keyin aytiladi
Yozilish - Rasm joyiIndividual stelka (oddiy va silikonli)
Individual stelka
Bolalar va kattalar uchun, oyoq qolipiga moslab. Silikonli varianti ham bor.
Narx diagnostikadan keyin aytiladi
Yozilish - Rasm joyiOrtez / tutor (AFO va KAFO)
Ortez / tutor (AFO, KAFO)
Panja, toʻpiq va tizzani barqarorlashtiradi. Operatsiyadan keyin taqiladi. Yengil qilib tayyorlanadi.
Narx diagnostikadan keyin aytiladi
Yozilish - Rasm joyiFreyka shinasi
Freyka shinasi
Chaqaloqlarda chanoq-son displaziyasi uchun, shifokor tavsiyasi bilan.
Narx diagnostikadan keyin aytiladi
Yozilish - Rasm joyiVilenskiy shinasi
Vilenskiy shinasi
Displaziyada, odatda Freyka shinasidan keyingi bosqichda.
Narx diagnostikadan keyin aytiladi
Yozilish - Rasm joyiKattalar uchun ortopedik krasovka va poyabzal
Nega Lunico
Tibbiyot markazi ichida
Travmatologiya va ortopediya markazi hududida joylashganmiz, shifokorlar yonimizda.
Har bir juft individual
Tayyor oʻlchamdan emas, bolangizning oyogʻi va shifokor tavsiyasiga qarab tayyorlaymiz.
Hammasi bir joyda
Poyabzal, stelka, ortez va shinalarni bitta ustaxonada tayyorlaymiz.
2018-yildan beri
Toshkent va viloyatlardagi ota-onalar bizga ishonadi.
Qanday ishlaymiz
Murojaat
Formani toʻldiring, qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramʼga yozing.
Bepul diagnostika
Bolangiz bilan keling. Mutaxassis oyoqni koʻradi va oʻlchov oladi. Shifokor xulosasi boʻlsa, olib keling.
Tayyorlash
7–10 kun. Bola oyogʻi tez oʻsgani uchun biroz kattaroq qilib tayyorlaymiz.
Kiydirib koʻrish va nazorat
Tayyor mahsulotni kiydirib koʻramiz va keyin ham kuzatib boramiz.
Toshkentdan tashqarida yashaysizmi?
Telegramʼga yozing. Bolangizning holati va buyurtma qanday berilishini tushuntirib beramiz.
Savol-javob
Narxi qancha?
Narx mahsulot turi, model va oʻlchamga qarab individual belgilanadi. Bepul diagnostikadan keyin aniq narxni aytamiz.
Qancha vaqtda tayyor boʻladi?
7–10 kun.
Qaysi oʻlchamlar bor?
Bolalar uchun 19 dan 39 gacha, kattalar uchun 39–43. Stelka har qanday oʻlchamda tayyorlanadi.
Yozgi va qishki poyabzal bormi?
Ha, yozgi sandal va tapochka, kuzgi va qishki botinka, krasovka tayyorlaymiz.
Bolaning oyogʻi oʻsib qolsa nima boʻladi?
Biroz kattaroq qilib tayyorlaymiz. Odatda har 6–12 oyda yangi oʻlcham kerak boʻladi.
Gips yoki operatsiyadan keyin nima kiyish kerak?
Shifokor tavsiyasiga koʻra ortez yoki maxsus poyabzal tayyorlaymiz.
Yetkazib berasizmi?
Ha, Toshkent boʻylab. Narxi manzilga qarab.
Manzil va kontaktlar
- Manzil
- Toshkent, Mahtumquli koʻchasi, 80. Travmatologiya va ortopediya markazi hududida
- Moʻljal
- Eko-park roʻparasi
- Ish vaqti
- Dushanba–shanba 9:00–17:00, yakshanba dam olish
- Telegram
- @Sodiqov_Erkinxoja — murojaat uchun
t.me/ortoped_obuv — guruh - @lunico_orthopedic
Markaz ichida bizni qanday topasiz
Darvozadan Lunico eshigigacha yoʻl koʻrsatilgan rasmlar tez orada qoʻshiladi. Markazga kelib, bizni topa olmasangiz, qoʻngʻiroq qiling — yoʻlni tushuntirib beramiz.
- Rasm joyi1. Markaz darvozasi
- Rasm joyi2. Darvozadan Lunico binosigacha yoʻl
- Rasm joyi3. Bino kirish qismi
- Rasm joyi4. Lunico eshigi va vivyeska
Bolangizning oyogʻini mutaxassisga bepul koʻrsating
Formani qoldiring, ish vaqtida siz bilan bogʻlanamiz va qulay vaqtni kelishamiz.
Yoki hoziroq bogʻlaning:
Rahmat!
Ish vaqtida siz bilan bogʻlanamiz. Shoshilinch boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling: 97 564 07 09.
Ariza yuborilmadi
Internet yoki serverda nosozlik boʻldi. Maʼlumotlaringiz saqlanib qoldi: qayta urinib koʻring, qoʻngʻiroq qiling yoki arizani Telegramʼda yuboring.