Bolangiz oyogʻiga moslab tayyorlanadigan ortopedik poyabzal va stelkalar

Respublika travmatologiya va ortopediya markazi hududida. Shifokor tavsiyasi asosida, 7–10 kunda tayyor. Diagnostika bepul.

  • 2018-yildan beri
  • Tibbiyot markazi ichida
  • Bepul diagnostika
  • Yetkazib berish

Shifokor ortopedik poyabzal yoki stelka yozib berdimi?

Quyidagi holatlarda bolangizga individual tayyorlangan mahsulot kerak boʻlishi mumkin:

  • Yassi oyoqlik

  • Valgus, oyoqni ichkariga bosib yurish

  • X yoki O-simon oyoqlar

  • Maymoqlik

  • Chanoq-son displaziyasi(chaqaloqlarda)

  • Operatsiya yoki gipsdan keyingi tiklanish

Bolangizning holatini mutaxassis bepul koʻrib beradi

Bepul diagnostikaga yozilish

Nima tayyorlaymiz

Har bir mahsulot bolangizning oyogʻi va shifokor tavsiyasiga qarab tayyorlanadi.

  • Bolalar ortopedik poyabzali

    Yozgi (sandal, tapochka), kuzgi, qishki botinka, krasovka. Tabiiy teri, baland zadnik, lipuchka, istalgan rang.

    Oʻlchamlar:
    19–39

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish
  • Individual stelka

    Bolalar va kattalar uchun, oyoq qolipiga moslab. Silikonli varianti ham bor.

    Oʻlchamlar:
    Har qanday

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish
  • Ortez / tutor (AFO, KAFO)

    Panja, toʻpiq va tizzani barqarorlashtiradi. Operatsiyadan keyin taqiladi. Yengil qilib tayyorlanadi.

    Oʻlchamlar:
    Santimetr boʻyicha

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish
  • Freyka shinasi

    Chaqaloqlarda chanoq-son displaziyasi uchun, shifokor tavsiyasi bilan.

    Oʻlchamlar:
    2–5 oʻlcham (16–22 sm)

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish
  • Vilenskiy shinasi

    Displaziyada, odatda Freyka shinasidan keyingi bosqichda.

    Oʻlchamlar:
    18–60 sm

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish
  • Kattalar uchun

    Ortopedik krasovka va poyabzal, korsetlar.

    Oʻlchamlar:
    39–43

    Narx diagnostikadan keyin aytiladi

    Yozilish

Nega Lunico

  • Tibbiyot markazi ichida

    Travmatologiya va ortopediya markazi hududida joylashganmiz, shifokorlar yonimizda.

  • Har bir juft individual

    Tayyor oʻlchamdan emas, bolangizning oyogʻi va shifokor tavsiyasiga qarab tayyorlaymiz.

  • Hammasi bir joyda

    Poyabzal, stelka, ortez va shinalarni bitta ustaxonada tayyorlaymiz.

  • 2018-yildan beri

    Toshkent va viloyatlardagi ota-onalar bizga ishonadi.

Qanday ishlaymiz

  1. Murojaat

    Formani toʻldiring, qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramʼga yozing.

  2. Bepul diagnostika

    Bolangiz bilan keling. Mutaxassis oyoqni koʻradi va oʻlchov oladi. Shifokor xulosasi boʻlsa, olib keling.

  3. Tayyorlash

    7–10 kun. Bola oyogʻi tez oʻsgani uchun biroz kattaroq qilib tayyorlaymiz.

  4. Kiydirib koʻrish va nazorat

    Tayyor mahsulotni kiydirib koʻramiz va keyin ham kuzatib boramiz.

Toshkentdan tashqarida yashaysizmi?

Telegramʼga yozing. Bolangizning holati va buyurtma qanday berilishini tushuntirib beramiz.

Telegramʼga yozish

Savol-javob

Narxi qancha?

Narx mahsulot turi, model va oʻlchamga qarab individual belgilanadi. Bepul diagnostikadan keyin aniq narxni aytamiz.

Qancha vaqtda tayyor boʻladi?

7–10 kun.

Qaysi oʻlchamlar bor?

Bolalar uchun 19 dan 39 gacha, kattalar uchun 39–43. Stelka har qanday oʻlchamda tayyorlanadi.

Yozgi va qishki poyabzal bormi?

Ha, yozgi sandal va tapochka, kuzgi va qishki botinka, krasovka tayyorlaymiz.

Bolaning oyogʻi oʻsib qolsa nima boʻladi?

Biroz kattaroq qilib tayyorlaymiz. Odatda har 6–12 oyda yangi oʻlcham kerak boʻladi.

Gips yoki operatsiyadan keyin nima kiyish kerak?

Shifokor tavsiyasiga koʻra ortez yoki maxsus poyabzal tayyorlaymiz.

Yetkazib berasizmi?

Ha, Toshkent boʻylab. Narxi manzilga qarab.

Manzil va kontaktlar

Manzil
Toshkent, Mahtumquli koʻchasi, 80. Travmatologiya va ortopediya markazi hududida
Moʻljal
Eko-park roʻparasi
Ish vaqti
Dushanba–shanba 9:00–17:00, yakshanba dam olish
Telegram
@Sodiqov_Erkinxoja — murojaat uchun
t.me/ortoped_obuv — guruh

Markaz ichida bizni qanday topasiz

Darvozadan Lunico eshigigacha yoʻl koʻrsatilgan rasmlar tez orada qoʻshiladi. Markazga kelib, bizni topa olmasangiz, qoʻngʻiroq qiling — yoʻlni tushuntirib beramiz.

Bolangizning oyogʻini mutaxassisga bepul koʻrsating

Formani qoldiring, ish vaqtida siz bilan bogʻlanamiz va qulay vaqtni kelishamiz.

Yoki hoziroq bogʻlaning: